en

Fizika Qollanma
Install Now
Fizika Qollanma
Fizika Qollanma

Fizika Qollanma

Fizika Qo39llanma - Mavzular bo39yicha eng asosiy formulalar va qoidalar

Developer: WSpektr
App Size: 14M
Release Date: Sep 21, 2018
Price: Free
4.2
241 Ratings
Size:
14M
Download APK
Google Play

Screenshots for App

Mobile
Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning hossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o`rganadigan fandir.
Fizika so`zi yunoncha «phusis»-tabiat so`zidan olingan bo`lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy materiallarning ko`payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida, tabiat falsafasidan- astronomiya, himiya, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan fizika ham ajralib chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo`lib vaqt o`tishi bilan, o`zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog`lanish mavjudligini ko`rsatdi. Buning natijasi sifatida esa –astrofizika, fizikaviy himiya, biofizika, geofizika kabi fanlar vujudga keladi.

Fizikaning qonunlari ma`lumotlarga asoslangan bo`lib, asosan tajribalarda o`rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi.
O`rganiladigan material harakatlari, shakllari va ob`ektlarning ko`p qirraliligiga asosan fizika bir qator qismlarga bo`linadi:
1. Atom va molekulyar fizika;
2. Gaz va suyuqliklar fizikasi;
3. Qattiq jismlar fizikasi;
4. Plazma fizikasi;
5. Elementar zarrachalar fizikasi;
6. Yadro fizikasi.

Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo`limlarga bo`linadi:
- Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi;
- Termodinamika va statistika;
- Elektrodinamika;
- Optika;
- Gravitatsiya;
- Kvant mexanikasi;
- Maydonning kvant nazariyasi;
- Tebranish va to`lqinlar;
- Amaliy optika.

Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga bo`linadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi ma`lumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini ta`riflaydi, o`rganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin bo`lgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amaliy fizika ham mavjud (masalan: amaliy optika yoki amaliy akustika).

Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga bo`lib o`rganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha bo`lgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha bo`lgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha bo`lgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.

Ushbu qo`llanmada fizika faniga doir barcha ma`lumotlar qulay va ixshamli tushunarli qilib berilgan.
Ilova Abituriyentlar va Oliy o`quv yurti talababalari uchun mo`ljallangan.
Show More
More Information about: Fizika Qollanma
Price: Free
Version: 3.0
Size: 14M
Release Date: Sep 21, 2018
Content Rating: Everyone
Developer: WSpektr
Developer Apps:
Recent Releases

Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide